17:30 / 22.12.2022
904

Qozog‘istonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

Qozog‘istonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi
Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi ma’lum qilindi.

Qayd etilishcha, muzokaralar chog‘ida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

«Bu umumiy tariximiz va madaniyatimizga katta ehtiromning yorqin tasdig‘i, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari abadiyligi ramzidir», – deya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda O‘zA.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi