
Toshkent shahar IIBB xodimlari uydan seyfni o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi shaxslarni qo‘lga oldilar.
Joriy yilning dekabr oyida Shayxontohur tumani IIO FMBga 41 yoshli Feruza N. uyidan pul va zargarlik buyumlari yo‘qolganligi haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan, 32 yoshli Maxbuba A. va 34 yoshli Matluba K. aniqlanib, qo‘lga olindilar.
Ular uy egalarining yo‘qligidan foydalanib, uy xonalaridan birining eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, ichida 7.000 AQSH dollari va jami 90.000 AQSH dollarlik tilla taqinchoqlari bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar