
Foto: Reuters
Tadqiqotlar shamollashda ishlatiladigan ko‘plab mashhur dorilar aslida kasallik alomatlarini yengillashtirmasligini ko‘rsatgan.
AQSH shifokorlari shamollashda ishlatiladigan «Teraflyu» va boshqa mashhur dori-darmonlarni samarasizligi tufayli sotuvdan olib tashlashga chaqirmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, eng ko‘p ishlatiladigan dorilarning ba’zilari samara bermagan. Shifokorlar va tadqiqotchilar ushbu dorilarni sotishni to‘xtatishni tavsiya qilgan.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, hozirda odamlar ko‘p qabul qilayotgan «Teraflyu», «Benadril» va «Taylenol» retseptsiz sotiladigan tabletkalar, siroplar va suyuqliklar qatoriga kiradi. Ularda burun bitishidan xalos qilish uchun fenilefrin deb ataladigan tarkibiy qism bor. Ingrediyent xavfsiz ko‘rinadi, ammo to‘rtta tadqiqot shuni ko‘rsatganki, ushbu dori-darmonlar burun tiqilishidan xalos qilolmaydi.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, shifokorlar va farmatsevtlar bu tabletkalarni sotmaslik kerakligini aytishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar