14:08 / 24.12.2022
1 035

Samarqandda FVB boshlig‘i, Farg‘onada esa bank boshqaruvchisi qo‘lga tushdi

Samarqandda FVB boshlig‘i, Farg‘onada esa bank boshqaruvchisi qo‘lga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘yilgani haqida xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i viloyat Boshqarmasidagi mansabdor shaxslar orqali mahalliy fuqaroni o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limga ishga qabul qilinishida yordam berish evaziga undan 2000 AQSH dollari talab qiladi.

DXX viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan puldan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Qo‘qon filiali boshqaruvchisi mahalliy xususiy korxonaga ajratilgan kreditdan bo‘lgan 62 million so‘m qarzdorlikni so‘ndirib berish hamda ushbu qarzdorlik bo‘yicha qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilinishi uchun Majburiy ijro byurosiga xat qilib berish evaziga 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168- (firibgarlik) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat