
Dunyodagi yetakchi sog‘liqni saqlash va xavfsizlik xizmatlari kompaniyasi hisoblangan «International SOS» mamlakatlarning odamlar hayoti uchun xavfsizligi haqidagi hisobotini taqdim etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deya qayd etilgan. Bu borada O‘zbekiston AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya kabi davlatlar bilan bir ro‘yxatda joylashgan.
«Zo‘ravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi. Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali va infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar to‘xtatilishi mumkin», deya ta’rif beriladi xavfsizlik yuqori bo‘lgan mamlakatlarga.
Eng xavfli davlatlar sifatida esa Afg‘oniston, Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman va Ukraina qayd etilgan.
O‘zbekistonXavfsiz MamlakatSog‘liqni SaqlashXavfsizlik XizmatlariTransport XizmatlariJahon Hisoboti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar