14:47 / 26.12.2022
1 100

Vohaga boradigan avtomobillarning yo‘l haqi 35-45 foizga qimmatlashdi

Vohaga boradigan avtomobillarning yo‘l haqi 35-45 foizga qimmatlashdi
2023 yil 1 yanvargacha Toshkent avtovokzalida yo‘l haqi chiptalari chegirma narxda sotiladi. “Vodiy” avtoturargohi haydovchilari uchun bir martalik patta to‘lovi arzonlashdi, “Voha” avtoturargohida esa bu to‘lov bekor qilindi.

IIVning xabar qilishicha, keyingi yilning 1 yanvariga qadar Toshkent avtovokzalida yo‘l haqi chiptalari 5-10 ming so‘mgacha chegirma narxlarda sotiladi, avtobuslar soni ko‘paytiriladi.

“Qurilish avtotex ta’minot” unitar korxonasiga qarashli “Boburshoh” avtoturargohida joylashgan “Vodiy” avtoturargohidagi haydovchilar uchun bir martalik patta to‘lovi 15 ming so‘mdan 10 ming so‘mga tushirildi.

Shu bilan birga, “Olmazor” metro stansiyasi va “Toshkent” avtovokzali atrofida joylashgan “Voha” avtoturargohidan Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlariga qatnovchi avtotransport vositalari uchun olinadigan 2 ming 500 so‘mlik patta to‘lovi bekor qilindi.

O‘rganishlarga ko‘ra, hozirda Toshkent shahar – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishidagi avtomobil qatnovi narxlari o‘rtacha 150 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Bu eski narx (100-110 ming so‘m)dan 30-40 ming so‘mga oshganini ko‘rsatyapti.

Poytaxtdan voha viloyatlari (9 ta hudud)ga qatnaydigan avtomobillarning yo‘l haqi esa o‘rtacha 35-45 foizgacha qimmatlashdi. Xususan, Gulistonga 40 ming so‘m (eski narx – 20 ming so‘m), Samarqandga 150 ming so‘m (eski – 80 ming so‘m), Nukusga 450 ming so‘m (eski – 300 ming so‘m) so‘rashmoqda.

Vazirlikka ko‘ra, maxsus ishchi guruhi haydovchilar bilan narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazgan. Bunday holatlarni aniqlash va oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha yo‘lovchi tashish avtovokzallari, avtostansiyalar va sun’iy tashkil qilingan avtoturargohlarga ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari mas’ul etib biriktirilgan, ularning navbatchiligi tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, bu yil ta’til davrida Toshkent shahridagi OTMda tahsil olayotgan jami 185 ming 800 nafar talabaning 93 mingga yaqini o‘zining doimiy yashash joyiga qaytishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat