Hojiboy Tojiboyevning qizi: “Avaz Oxun dadamning ‘Shogirdiman’ deyishni biladi, ammo...”

“Qo‘ysangchi!”, “Bunday o‘ylab qarasam menga ‘nevigodniy’ ekan”, “Qarg‘adan makkadek-makkadek ter oqib ketyapti!..”. Bu unutilmas iqtiboslar kulguning 99 turini, uning qanday bo‘lishini o‘rgatib ketgan taniqli so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevga tegishli.
“Daryo” nashri marhum qiziqchining qizi—Intizor Tojiboyeva bilan suhbatlashib, Hojiboy Tojiboyevning so‘nggi kunlari qanday kechgani, taniqli so‘z ustasining o‘limidan so‘ng uning shogirdlari san’atkorning oilasiga qanday munosabat ko‘rsatgani va Intizorning ijoddagi o‘z yo‘li haqidagi savollarga javob oldi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

O‘zingiz haqingizda so‘zlab bersangiz: ayni damda nimalar bilan bandsiz, o‘qish, ish, oilaviy hayotingiz qanday kechmoqda?
— O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida drama va kino aktyorligi fakultetining birinchi kursida o‘qiyman. Oilamizdan faqatgina men san’at yo‘lini tanladim.
— Dadangizning so‘nggi kunlari qanday kechgan edi?
— O‘sha vaqtda mazalari yo‘q edi, dadam shifokorlar nazoratida edi. Ancha yillar davolanganlar, ‘Hali tuzalib ketsam, konsert beraman’, deb yurgandilar. Ular haqida odamlar tarqatgan gap-so‘zlardan, mish-mishlardan jahlim chiqadi.
— Qanday mish-mishlarni nazarda tutyapsiz?
— Asossiz mish-mishlarni aytyapman. Dadamni avtohalokatga uchrab halok bo‘lgan deyishlari yoki kimdir o‘ldirgan degan yolg‘on, bo‘lmagan gaplarni eshitish og‘ir botadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, so‘nggi konsertlarida ahvollari juda og‘ir edi. Dadam hayot bo‘lganlarida 60 yillik yubeleylarini nishonlagan bo‘lar edik.

— Dadangizni qaysi shogirdlari uning o‘limidan so‘ng oilangizni qo‘llab-quvvatlab turdi?
— To‘g‘risi, hech kim yordam bermagan.
— Avaz Oxun: “Hojiboy Tojiboyev — ustozim”, deb ko‘p marta ta’kidlagan. U ham yo‘qlab turmaganmi?
— Yo‘q, yo‘qlab turmagan.
— Nahotki shogirdlarning hech biri yordam bermagan?
— Faqat “Shogirdiman!”, deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qayerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo‘shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma’lumotga ham ega emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing