
Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qaror imzolagandi. Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senatining o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida bu borada o‘z firklarini bildirib o‘tdi.
«Kuni kecha davlat rahbari tomonidan ma’muriy islohotlarga qaratilgan farmon va qarori ham imzolandi. Ijro hokimiyati tizimi mutlaqo qaytadan ko‘rib chiqilmoqda. Hukukmat va vazirliklardan tortib hududlardagi tuzilmalarga qadar ish uslubi, faoliyat yo‘nalishlari, qo‘yilayotgan talab va vazifalar ham tubdan o‘zgarmoqda. Shundan kelib chiqib, biz ham hukumat bilan ishlashda yangicha yondashishimiz lozim», — degan Senat raisi.
Uning ta’kidlashicha, qo‘mitalar o‘z faoliyati yo‘nalishida hamkorlik qiluvchi tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro aloqa va ishlash uslublarini qaytadan ko‘rib chiqishlari lozim. Bunda hududlarni olamizmi, vazirlik yoki idorani olamizmi, ularni faoliyatini o‘rganish va kamchiliklarni aniqlash bilan cheklanmaslik kerak.
Zero, parlamentning asosiy maqsadi, hokimiyatlarning o‘zaro tiyib turish muvozanatini saqlagan holda, xalq manfaatini ta’minlash yo‘lida hokimiyat bo‘g‘inlari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatishdan iborat.
Parlament faoliyati mohiyati va mazmuniga ko‘ra qonunlar ijrosini ta’minlashga, ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini o‘rnatishga qaratilgan. Senatning har bir qo‘mitasi joylarga chiqib, aholi fikrini o‘rganib, kamchiliklarni hal etish bo‘yicha tegishli vazirliklar bilan birgalikda ishlashi zarur.
«Shu o‘rinda o‘z vakolat va imkoniyatlarimizdan samarali foydalangan holda, vazirlik, idora va hududlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish masalasiga tubdan yangicha yondashishimiz talab etiladi. Eshituv, o‘rganish, so‘rov va boshqa turdagi parlament nazorati instrumentlaridan yanada samaraliroq foydalanish lozim.
Shundagina biz, ijro etuvchi organlari faoliyatida ochiqlik, natijadorlik va yuqori sifatni ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz. O‘z navbatida faoliyatimizda qonunlarni ko‘rib chiqishda hududlar manfaati nuqtai nazaridan yondoshishga e’tiborni yanada kuchaytirish kerak», — degan u.
Senat rasining qayd etishicha, buning uchun har bir qo‘mita birinchi navbatda qonunlar muhokamasi jarayonlariga mahalliy kengashlarni, ekspertlar va jamoatchilik vakillarini faol jalb etishi zarur.
Shavkat MirziyoyevTanzila NorboyevaOliy MajlisYangi O‘zbekistonMa’muriy IslohotlarParlament Nazorati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar