17:12 / 29.12.2022
1 490

Ikki nafar oliygoh rektori lavozimidan ozod qilindi

Ikki nafar oliygoh rektori lavozimidan ozod qilindi
Jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov hamda Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ozod etildi.

Ulug‘bek Azizov / Foto: Facebook / Ulugbek_Azizov
Oliy ta’lim vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov hamda Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev ishdan olingan.

Nusratullo Barakayev prezidentning 2019 yil mart oyi oxirida Buxoroga tashrifi doirasida ishdan olingan Ulug‘bek Muhamedxanov o‘rniga Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori etib tayinlangandi.

Nusratullo Barakayev / Foto: daryo
Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ulug‘bek Azizov esa 2020 yilning avgust oyidan beri O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat