
Timur Ishmetov O‘zbekiston moliya vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, u prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda Toshkent yuridik universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda Markaziy bankning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.
U 2020 yilning fevralidan buyon Moliya vazirligiga rahbarlik qilayotgandi. Undan avval moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Timur IshmetovO‘zbekiston Moliya VaziriMoliya VazirligiIqtisodiyot RivojlantirishInvestitsiya SiyosatiTashqi SavdoMarkaziy Bank O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar