
31 dekabr yarim tunda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov bemor va shifokorlar holidan xabar olish maqsadida poytaxtimizdagi davolash muassasalarida bo‘ldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bergan.
— Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun tizim mas’ullarini joylarga jo‘natayapmiz. Har birimiz haqiqiy vaziyatni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, o‘rganib, tahlil qilib, qisqa muddatda puxta yechim topish harakatidamiz, — deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, bayram va dam olish kunlari vazirlik tizimidagi 1049 ta oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punkti, tuman, viloyat va respublika shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Amrillo Inoyatov Prezident farmoni bilan Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar