
Foto: YHXBB
Tartibni buzib, qoidalarni mensimagan haydovchiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
2022 yil 31 dekabr kunidan 2023 yil 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 larda Samarqand shahrining «Xo‘ja Ahror Valiy» ko‘chasida «Mercedes-Benz» rusumli, 01L700OA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan R.A. atrofdagi fuqarolar e’tiborini jalb etish maqsadida xavfli bo‘lishiga qaramasdan turli manyovrlar bilan «drift»lar bajargan. Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganligi yetmagandek, uni tartibga chaqirishga uringan xodimlarning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmagan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bugun, 2023 yil 3 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan o‘rganilib, fuqaro R.A.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-, 194-modda 1-qism va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tartib BuzishMercedes-BenzSamarqand ShahriQamoq JazosiHaydovchi R.ADrift Bajargan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar