
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan odil sudlovni ta’minlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash borasida qator ishlar qilinmoqda.
Jumladan, Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.M.dan unduruvchi B.R.ning foydasiga 166 mln. 765 ming so‘m moddiy zarar undirish belgilangan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.N.ning to‘g‘ri huquqiy targ‘ibot olib borishi natijasida qarzdor fuqarodan undiruvchi fuqaro foydasiga 166 mln. 765 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirildi.
Huddi shuningdek, Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro A.R.dan undiruvchi davlat foydasiga 39 mln. 471 ming so‘m jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor fuqarodan undiruvchi davlat foydasiga 39 mln. 471 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirildi.
Hozirda ham fuqarolarimizning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Majburiy IjroToshkent ShahriFuqarolar HuquqlariQonun UstuvorligiJinoyat IshlariShayxontohur Tumani O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar