08:03 / 06.01.2023
581

Toshkentda maklerlar uy talashib janjallashdi

Toshkentda maklerlar uy talashib janjallashdi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 3 yanvar kuni maklerlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi S.U. va F.K shu kuni 16-dahadagi xonadonga bir mijozni olib borgan va shu sababli janjal kelib chiqqan.

Buning oqibatda ushbu uyning oldida S.U. jahl ustida qo‘lida bo‘lgan noma’lum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

F.K. olgan tan jarohatlari bilan RSHTIYOMga qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi kabi tan jarohati bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan S.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat