
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Bugungi sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A. Orinbayevning ko‘rsatmalari eshitildi.
«Sudlanuvchilar qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanliklarini bildirib, kechirim so‘radilar va hurmatli Prezidentimizga yetkazishni iltimos qildilar», deyiladi Oliy sud xabarida.
A. Orinbayev sudlanuvchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Qoraqalpog‘iston azamatlari ekanligini, ularning iltimoslarini albatta yetkazishini ma’lum qilib, sud hay’atidan sudlanuvchilarga qonun doirasida yengillik berishni so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar