Nam latta bilan artinish g‘uslga o‘tadimi?

Nam latta bilan artinish g‘uslga o‘tadimi?
CAVOL:
Junub holda nam latta bilan hamma joyni artib chiqsa g‘uslga o‘tadimi?

JAVOB:
Nam latta bilan badanni artib chiqish g‘usl o‘rniga o‘tmaydi. Chunki «G‘usl» so‘zi lug‘atda biror narsaning ustidan suv oqizishni anglatadi. Shariatda esa Alloh taologa qurbat niyatida badanning hammasiga suv oqizishga aytiladi. Siz aytgan nam latta bilan badanni artib chiqishda badandan suv oqish holati topilmaydi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar