Aviasozlar ko‘chasida harakat vaqtincha cheklanadi

Aviasozlar ko‘chasida harakat vaqtincha cheklanadi

2026 yil 11 iyuldan Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yopiladi.

Cheklov Qorasuv ko‘chasidan Aviasozlar-1 ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda amal qiladi. Bu hududda issiq suv ta’minoti quvurlarini rejali almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha boshqa ko‘chalar orqali harakatlanadi.

• 15, 22 va 72-yo‘nalishlar Aviasozlar, Qorasuv, Qorasuv-2 va Elbek ko‘chalari orqali qatnaydi.
• 54-yo‘nalish Aviasozlar, Qorasuv va Alimkent ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Yo‘lovchilarga avtobuslar orasidagi interval oshishi va yaqin hududlarda tirbandlik yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Yo‘ldagi vaziyatga qarab harakat sxemalari o‘zgarishi ham mumkin.

Aholidan safarni oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar