Toshkent viloyatida 389 nafar shaxsdan sovuq qurollar olib qo‘yildi

Toshkent viloyatida «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida sovuq qurol va o‘tkir buyumlarni noqonuniy olib yurish holatlari aniqlandi.
8 kun davomida o‘tkazilgan reydlarda huquq-tartibot xodimlari 389 nafar shaxsni aniqlagan. Ular yonida turli o‘tkir va xavfli buyumlar bo‘lgani aytilmoqda.
«Tig‘» profilaktik tadbirlari viloyatdagi jamoat joylari, bozorlar, ko‘chalar va aholi gavjum hududlarda davom etmoqda.
Reydlar davomida quyidagi buyumlar olib qo‘yilgan:
• 307 ta pichoq
• 66 ta kastet
• 8 ta bita
• 14 ta tig‘ va boshqa o‘tkir buyumlar
Ichki ishlar xodimlariga ko‘ra, ushbu buyumlarni o‘z vaqtida aniqlash tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq bir qator jinoyatlarning oldini olishga xizmat qilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, sovuq qurolni noqonuniy olib yurish uchun 1 BHMdan 5 BHMgacha jarima belgilangan. Holatga qarab boshqa ta’sir choralari ham qo‘llanishi mumkin.
Viloyat hududida profilaktik reydlar davom etmoqda.































Izohlar 0
…