Venesuelada yana zilzila kuzatildi, qurbonlar bor

Venesuelada yana zilzila kuzatildi, qurbonlar bor

Venesuela tabiiy ofatlar girdobidan hali ham chiqolmayapti. Bugun, 11 iyul kuni mamlakat poytaxti Karakasda 3 magnitudali navbatdagi zilzila qayd etildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 24 iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 118 nafarga yetgan. Yana 16 ming 740 kishi turli darajada jarohat olgan, minglab fuqarolar esa hanuz bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.

Mutaxassislar ushbu tabiiy ofatni so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt ichida Venesuelada kuzatilgan eng vayronkor zilzilalardan biri deya baholamoqda. Ayniqsa, qirg‘oqbo‘yidagi La-Guayra shtatida ko‘plab turar joylar va infratuzilma jiddiy zarar ko‘rgan.

Rasmiylar tirik qolganlarni qidirish-qutqarish ishlari yakunlanganini bildirgan. Shunga qaramay, yaqinlaridan darak topa olmagan fuqarolar xarobalar orasida ularni izlashda davom etmoqda.

11 iyul kuni sodir bo‘lgan navbatdagi zilzila ortidan Karakasdagi ayrim binolardan odamlar ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilindi.

Shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Venesueladagi gumanitar inqirozni yumshatish maqsadida qariyb 300 million AQSH dollari miqdorida yordam ajratishga chaqirdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uy-joy va infratuzilmaga yetkazilgan zarar 37 milliard AQSH dollariga baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar