Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi harbiy qo‘mondonlik tuzdi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi harbiy qo‘mondonlik tuzdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududidagi strategik nishonlarga zarba berishga ixtisoslashgan yangi harbiy qo‘mondonlik tashkil etilganini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Prezidentning aytishicha, u 10 iyul kuni "uzoq masofali ta’sir" qo‘mondonligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Yangi tuzilma Rossiyaning urush olib borish salohiyatini pasaytirish, xususan, energetika va logistika infratuzilmasiga qarshi operatsiyalarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur bayonot Ukraina harbiylari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Leningrad viloyati va Rostov viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodlari hamda yonilg‘i infratuzilmasiga zarbalar berilganini ma’lum qilganidan so‘ng yangradi.

Ukraina dron kuchlari qo‘mondoni Robert Brovdining bildirishicha, so‘nggi kunlarda Rossiyaning 50 ta yonilg‘i tashuvchi kemalariga zarar yetkazilgan.

Bunga javoban Rossiya Don–Azov kanali orqali kemalar harakatini vaqtincha to‘xtatgani, shuningdek, Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun yangi arizalarni qabul qilishni ham vaqtincha bekor qilgani aytilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar