
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga 1968 yilda tug‘ilgan M.B. murojaat qilib, unga Telegram'dagi guruhlarning biridagi Dilyara ismli shaxs 900 AQSH dollarlik taqinchoqni taklif qilgani va oxir-oqibat aldab ketgani haqida shikoyat qilgan.
IIBB xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi o‘ziga notanish bo‘lgan shaxsga oldindan elektron to‘lov orqali 2 mln 290 ming so‘m pulni plastik kartaga tushirib beradi. Ammo Dilyara g‘oyib bo‘ladi, xabarlarga esa javob bermaydi.
Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi ochildi.
IIBB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari olib borgan tezkor texnik tadbirlar orqali bu jinoyatni 1998 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan D.Sh. sodir etgani aniqlangan va u qo‘lga olingan.
IIBB Axborot xizmati katta mutaxassisi Jamoliddin Nasimovning ma’lum qilishicha, D.Sh. ismli shaxs Telegram guruhlarida tilla sotaman deb, yana kamida 3 nafar fuqaroni chuv tushirgani aniqlangan. Hozir holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar