23:05 / 13.01.2023
1 695

Bir ayolning turmush qurganidan 17 yil o‘tib aytgan gaplari...

Bir ayolning turmush qurganidan 17 yil o‘tib aytgan gaplari...
Bir ayol turmush qurganidan 17 yil o‘tib, quyidagi gaplarni aytib qoldirmoqda:

"Ishonchim komil, erkaklar Alloh yaratganlarining ichida eng chiroyli yaratilgani ekan.

- U qo‘lida borini opa-singlisi, qizi, onasi, ayoli, nabiralari uchun sarflab yuboraverar ekan.

- O‘zini navqiron yigitligini, sog‘ligini ayoli va bolalari uchun qurbon qilar ekan. Har kuni mehnat, gohida juda kechga qolib ishlaydi-yu, shikoyat ham qilmas ekan.

- Erkak, garchi tirikchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsa ham, bolalarining kelajagini qurish uchun tinmay mehnat qilar ekan, tirishar ekan. Oilasini mustahkamlashga urinar ekan. Shunday bo‘lsa-da, turli-tuman malomatlarga qolar ekanlar.

- U ishida xo‘jayinidan yoqimsiz gaplarni eshitib kelib, gohida ota-onasidan, gohida ayolidan dakkilar ham eshitar ekan. Shunda ham isloh etishga urinar ekan.

- Agar, o‘zini chalg‘itish uchun aylangani chiqib ketsa, mas’uliyatsiz er. Uyda qolsa, dangasa va yalqov!

- Farzandlarini tarbiyalash uchun ularga qattiq teksa, minnatchi yoki vahshiy. Agar biroz erkin qo‘ysa, bolalarining tarbiyasiga beparvo.

- Ayolini ishlashdan qaytarsa, oilada diktator. Ishlashiga ruxsat bersa, tekinxo‘r. Shunday bo‘lsa ham, bolalarini o‘zidan yaxshiroq bo‘lishiga umid bilan, tinmay shikoyatsiz mehnat qilar ekan.

- Bolalari uchun dunyodagi eng zo‘r mukofotlarni olib berolmasa ham, o‘zi qodir bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alarni hadya etar ekan.

- Ona 9 oy farzandini ko‘tarib yursa, ota bir umr uni mas’uliyatini ko‘tarib o‘tar ekan. Bildimki, agar, uyning erkagi salomat bo‘lsa, dunyo salomat qolar ekan.

Har bir ota va har bir erni hurmatini joyiga qo‘yinglar aziz ayollar. Sizlar uchun qancha qurbonliklar qilganini bilmaysizlar".

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat