1 638
Jahongir Ortiqxo‘jayev prezident yig‘ilishidan oldin Toshkentdan chiqib ketishga uringani aytilmoqda

16 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan energiya resurslari ta’minotiga doir yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan olingani xabar qilingandi. Jurnalist Nikita Makarenkoning manbalariga tayanib yozishicha, Ortiqxo‘jayev prezident yig‘ilishidan oldin shahardan chiqib ketishga uringan.
Uning qayd etishicha, sobiq hokim yig‘ilish boshlanishidan avval oilasi bilan Toshkent aeroportida shaharni tark etmoqchi bo‘lgan payti xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, Ortiqxo‘jayevning lavozimidan olinishiga qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani sabab qilib ko‘rsatilgan. Shu paytgacha hokim o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Rahmonov esa vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Prezident uning ishdan olinishi haqida gapirib, bunga «quruq gap bilan, yolg‘on «svodka» bilan pastga tushmagani» sabab bo‘lganini aytgan va uni «noinsof, oyog‘i yerdan uzilgan» deb atagan.
16 yanvar kuni prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda DXX va Bosh prokuraturaga lavozimidan ozod etilganlarning faoliyatini tekshirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar