
Toshkent shahri hokimi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Rahmonov vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun ishdan olingan Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rnida ish boshladi.
Baxtiyor Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 1981 yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat taraqqiyoti akademiyasini tamomlagan.
2008 yilda Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi etib tayinlangan. 2011 yilda kapital qurilish masalalari bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan 2017 yilda Sergeli tumani hokimi bo‘lgan. 2018 yilda Olmazor tumaniga rahbarlik qilgan. 2021 yil yanvardan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar