O‘zbekiston Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantiradi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston transport vaziri I.Mahkamov Singapurda ushbu mamlakat transport vaziri S.Isvaran bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda mamlakatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport-logistika markazlarini qurish, o‘zbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Transport vazirligi va Singapur Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, tomonlar qisqa muddatda qo‘shma ishchi guruhini tuzib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish belgilandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘zbekiston transport vaziri I.Mahkamov Singapurda ushbu mamlakat transport vaziri S.Isvaran bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda mamlakatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport-logistika markazlarini qurish, o‘zbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Transport vazirligi va Singapur Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, tomonlar qisqa muddatda qo‘shma ishchi guruhini tuzib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish belgilandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…