
Davlatimiz rahbarining Singapurga tashrifi doirasida davlat xizmati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi delegatsiyasi Singapur Davlat xizmati departamenti vakillari bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, Singapur Davlat xizmati kollejida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2023 yilda o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, singapurlik ekspertlarni jalb qilgan holda onlayn treninglar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi tashrif doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Singapur Davlat xizmati kolleji o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, Li Kuan Yu nomidagi davlat siyosati maktabi vakillari bilan samarali muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha 2023 yilda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilari uchun strategik rejalashtirish, liderlik, davlat xizmatida samaradorlik, raqamlashtirish, innovatsiyalar kabi dolzarb yo‘nalishlarda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar