
Savol: Ayol o‘zining topayotgan daromadidan (eri bergan puldan emas) erining ruxsatisiz xayr-ehson qilishi mumkinmi?
Javob: Ayolning o‘zi ishlab yoki boshqa yo‘l bilan (masalan, meros, hadya orqali) topgan mulki o‘zining shaxsiy mulki hisoblanadi. Binobarin, uni birovning ruxsatisiz tasarruf etishi mumkin. Onalarimiz roziyallohu anhunna ham o‘zlari xayr-ehson qilishgan.
Lekin ayol o‘z tasarrufidagi molidan ehson qilishni erining maslahati bilan amalga oshirsa, er-xotinlik rishtalari yanada mustahkamlanishi va xayr-ehson yanada haqliroqqa berilishi mumkin. Alloh yanada biluvchi.
Ustoz Mubashshir Ahmad
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing