14:10 / 26.01.2023
472

Kamoliddin Rabbimov: «Hokimiyat yutqazsa, jamiyat ham yutqazganini tushunamiz...»

Kamoliddin Rabbimov: «Hokimiyat yutqazsa, jamiyat ham yutqazganini tushunamiz...»
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib, xulosa qilish mumkinki, Ukrainada urush boshlanganidan buyon, o‘zbekistonliklarning bu urush borasidagi tafakkuri, katta o‘zgarishga uchradi. Agar urush boshida aksariyat, mutlaq aksariyat Rossiyani vajlarini to‘g‘ri va Ukrainani nohaq deb bilgan bo‘lsa, sal kam bir yil o‘tib, Rossiyani tajovuzkorligiga ishonuvchilar salmog‘i ancha o‘sdi.

Lekin hali ham Rossiyani ong ostida “mening ona vatanim” deb o‘ylaydigan o‘zbekistonliklar juda ko‘p. Ularning miqdorini foizlarda aytish qiyin, chunki O‘zbekistonda bu borada ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilmaydi. O‘tkazilsa ham, xulosalar yashiriladi.

Qolaversa, o‘zbekistonliklar tafakkurida davlatchilik milliy tafakkuri ancha kuchayib bormoqda. O‘zbekistonliklar o‘z davlatlarining tashqi siyosatdagi, jumladan, Rossiya bilan munosabatlaridagi milliy, ya’ni, davlatchilik g‘ururi va manfaatlari orqali fikrlashi, oshib bormoqda. Rossiya – o‘zbekistonliklarning milliy g‘ururi oshishida, salbiy katalizator rolini o‘ynamoqda.

Uchinchidan, oliy hokimiyatning legitimligi darajasi ham milliy g‘urur va manfaatlar tarozisida o‘lchanib bormoqda. Ya’ni, oliy hokimiyatga ishonch yoki ishonchsizlik darajasi, davlatning Rossiya loyihalariga munosabat tarozisida o‘lchanyapti. Bu degani, oliy hokimiyatga ikki tomonlama bosim oshib boryapti.

Bir tomondan behazil tajovuzkor Rossiya. Ikkinchi tomondan, tafakkurida qo‘rquv erib, tanqidiy fikrlash darajasi oshib borayotgan jamiyat. Shu fonda, oliy hokimiyat ikki tomonlama bosimning qurboniga aylanmasligi kerak. O‘zbekiston jamiyatni ishontirish va Rossiya bosimlariga qarshi tura olish salohiyatini ko‘rsatish kerak. Aks holda, hokimiyat yutqazsa, yillar o‘tib, jamiyat ham yutqazganini tushunamiz. Demokratiya – hokimiyatni zaiflashtirish emas, hokimiyatni xalq manfaatlariga bog‘lash demakdir.

Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat