
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholi hamda davlat tashkilotlarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yetarli sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumaladan prokuratura organlarida bugungi kunda sportga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, xodimlar o‘rtasida mini futbol, shaxmat, stol tennisi, suzish, yugurish hamda kurash turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorligida sportning stol tennis turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Namangan muhandislik qurilishi institutiga qarashli stol tennisi klubida o‘tkazilgan musobaqada Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Musobaqa nizomiga ko‘ra ishtirokchilar guruhga bo‘lingan holda bir-birlarini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir o‘yinlar, raqiblarning shiddatli bahslari qiziqarli kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘r barcha raqiblarni yenggan boshqarma bo‘lim boshlig‘i B.Qo‘ziyev faxrli birinchi, atigi bir ochko ortda qolgan davlat ijrochisi O.Dadamirzayev ikkinchi, mutaxassis A.Mamadaliyev esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Shuningdek birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari Namangan viloyat kengashining 2 kishilik dam olish yo‘llanmasi tuhfa etildi.
Jismoniy TarbiyaSport MusobaqalariNamangan ViloyatiXodimlar O‘rtasidaStol TennisiKasaba Uyushmalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar