20:00 / 01.02.2023
487

2 fevraldan barcha «gaz-zapravka»lar faoliyati qayta tiklanadi

2 fevraldan barcha «gaz-zapravka»lar faoliyati qayta tiklanadi
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning me’yorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash imkoni yaratilmoqda.

Joriy yil 2 fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida «gaz-zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshirilishi aytilgan.

«Gaz-zapravka»lar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

O‘zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilgan.

Shu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKSHlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat