
Toshkentda mahalliy internet do‘konlaridan biriga tegishli bo‘lgan va «ikkinchi xotin»ga g‘amxo‘rlik qilish kerakligi aytilgan reklama banneri olib tashlandi.
Mazkur tadbirni o‘tkazgan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bu kabi noqonuniy reklamalarga qat’iy ravishda qarshi ekanligini ham ma’lum qilgan.
Shuningdek, Qo‘mita «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasini keltirib, unda «reklama va axborot vositalaridan foydalangan holda milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi»ni eslatmoqda.
«Oila bu muqaddas dargoh. Oila jamiyatning asosiy negizidir. O‘z navbatida, yuqoridagi holat qo‘mita tomonidan nazoratga olingan va ularni bartaraf qilinishi ta’minlandi», – deyiladi Qo‘mita munosabatida.
ToshkentIkkinchi XotinReklama QonuniRaqobatni RivojlantirishIste'molchilar HuquqlariOila Muqaddas O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar