
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta qimmatliklarini ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.N. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro A.D.ga 39,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Shu kabi, Yangiqo‘rg‘on tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi O.O. jami 3 400 AQSH dollarini fuqaro S.E.ga 38,7 mln so‘mga sotgan vaqtida departament va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar