
Foto: Toshkent shahri YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrida 4 fevral kuni bir guruh yoshlar mashinada svetoforning qizil chirog‘ida harakatlandi, shuningdek, bloger qiz behayo raqsga tushib, IIO formasini kiyib videotasvirga tushdi.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabriga ko‘ra, ushbu holat 2003 yilda tug‘ilgan Sh.T., 2002 yilda tug‘ilgan X.I., 2000 yilda tug‘ilgan Sh.J., 2004 yilda tug‘ilgan A.X., 2006 yilda tug‘ilgan K.M. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. 2002 yilda tug‘ilgan X.I. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti'ni boshqarib ketayotib, Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasidagi svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan.
Блогерларга ЙПХ ходими формасини кийиб, видео олишга ким рухсат берди? pic.twitter.com/zZaMu0V41g
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) February 7, 2023
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-modda (transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi) 2-qismida nazarda tutilgan qoida buzarlikni sodir qilganligi yuzasidan planshet qurilmasida elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Holat bo‘yicha fuqarolarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berib, qonuniy chora ko‘rish uchun Mirobod tumani IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar