11:06 / 08.02.2023
115

Huquq-tartibot xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurash bo‘yicha kurslar tashkil etiladi

Huquq-tartibot xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurash bo‘yicha kurslar tashkil etiladi
Prezident "O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

2023 yil 1 martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Bosh prokuratura mazkur o‘quv kurslarini tashkil etish uchun mas’ul etib belgilandi hamda ikki hafta muddatda qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish grafigini tasdiqlaydi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda 2023 yil 1 maydan boshlab rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari (soatlari)ni joriy qiladi. Bunda, mazkur o‘quv kurslarini Inson huquqlari sohasida ta’lim olish bo‘yicha elektron platformasi orqali tashkil etishga ruxsat etiladi.

2023 yil 1 aprelga qadar Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz bilan birgalikda sohalarning o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda inson huquqlari va gender tenglik masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari moduli va dasturini ishlab chiqadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat