
Buxoroda o‘tkazilgan «Xavfsiz hudud» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirida ikki manzilda o‘z xonadonida fohishaxona saqlagan shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.
Ta’kidlanishicha, Buxoro shahrilik 56 yoshli S.R. ismli ayol o‘z xonadonida G‘.A. hamda G.A. ismli fuqarolarning jinsiy aloqa qilishi uchun o‘z xonadonida 100 ming so‘m evaziga sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan S.R. ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Xuddi shunday holat Shofirkon tumanidagi «Bog‘iafzal» mahallasida ham aniqlandi. Bunda doimiy ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Buxoro shahridagi ijara uyda yashab kelayotgan 42 yoshli T.D. ismli ayol begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelib, moddiy manfaat ko‘rib kelgan. Uning har bir “mijoz”dan soatiga 50 ming so‘m undirib kelayotgani aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», dedi Shuhrat Jalolov.
BuxoroXavfsiz HududFohishaxona SaqlashJinsiy AloqaO‘zbekiston RespublikasiJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar