
O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida hind tadbirkorlari Navob Mir Nosir Ali Xon va Razzoq Aslam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish, turizm oqimini ko‘paytirish, aviatsiya va aeroportlar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
BAAdagi hind investorlari O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ishbilarmon doiralar vakillariga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonDubayHind TadbirkorlariAviatsiya SohasiInvestitsiyalar Jalb QilishTurizm Oqimi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar