
Farg‘ona tumanida talonchilik qilgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 06 fevral kuni soat 13:00 larda A.A va L.L.lar bir guruh bo‘lgan holda tanishi K.S.ni Yambaroq MFY hududiga olib kelishib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urishib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib jami 3.400.000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a.b» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Farg‘ona TumanTalonchilikJinoyat KodeksiIIB AxborotOchiq TalonYambaroq MFY O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar