
Quvasoy shahrida hokimlik balansidan uy olib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quvasoy shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shahar hokimligi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash bo‘limi boshlig‘i A.A. fuqarolar F.A. va Sh.I.ga 8 500 AQSH dollari evaziga hokimlik balansidagi uylardan biriga egalik qilish huquqini beruvchi order rasmiylashtirish hamda ushbu xonadonni keyinchalik xususiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 3 800 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Quvasoy ShahriHokimlik Boshlig‘iFiribgarlik JinoyatiTergov HarakatlariUy-joy Ro'yxatiXususiylashtirish Huquqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar