12:30 / 12.02.2023
341

Qashqadaryoda hokimlik xodimi pora olayotganida ushlandi

Qashqadaryoda hokimlik xodimi pora olayotganida ushlandi
Foto: Videodan kadr
DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi mahalliy qurilish firmasi vakilidan noqonuniy tarzda 370 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxs tumandagi ikkita maktabgacha ta’lim tashkilotida rejalashtirilgan 5 mlrd 250 mln so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha loyihani tenderda yutib berish evaziga ushbu summaning 7 foizini talab qilgan. Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Yakkabog‘ tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat