00:18 / 13.02.2023
269

O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami ortilgan 5-samolyot yetib bordi

O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami ortilgan 5-samolyot yetib bordi
Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 12 fevral kuni Turkiyaga navbatdagi insonparvarlik yuki yetkazilgani haqida xabar berdi. Bu 6 fevral kuni ro‘y bergan zilziladan so‘ng yuborilgan beshinchi yordam hisoblanadi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi
Bosh konsulxona O‘zbekistonning insonparvarlik yordami ortilgan 5-samolyoti Turkiyaning Adana aeroportiga yetib borganini ma’lum qilgan.

11 fevral kuni ham zilziladan jabrlangan turk xalqiga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yetkazilgandi. Aholidan yig‘ilayotgan mahsulotlar Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi bilan hamkorlikda maxsus shtab tomonidan saralanib, qadoqlanmoqda.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi
Yuborilayotgan yordam ichidagi zarur narsalar ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo‘tqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, qardosh turk xalqiga chuqur hamdardlik bildirgandi.

O‘zbekiston rahbari bilan uchrashuvda turk elchisi Olgan Bekar hozirda zilziladan aziyat chekayotgan Turkiyaga ko‘mak zarurligi, ko‘plab o‘zbekistonliklar turk xalqiga insonparvarlik yordami yuborishni istayotgani, ammo yuklarni jo‘natishda qiyinchiliklarga uchrayotgani, Turkiya elchixonasi mamlakatimizda yig‘ilayotgan bu yuklarni jamlash va tegishli manzillarga yetkazish bo‘yicha yetarli darajada imkoniyati mavjud emasligini bildirgandi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra “Tashkent INDEX” majmuasi Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami ko‘rinishida hayotiy zarur vosita va mahsulotlar jamlanadigan asosiy bazaga aylantirildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat