
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro U.S. boshqa bir fuqaro L.K.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston shahar “Yangi hayot” MFYda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan subsidiya asosida xonadon olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo ViloyatiGuliston TumaniFiribgarlikPora BerishUy Olib BerishIqtisodiy Jinoyatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar