12:51 / 20.02.2023
159

Jismoniy shaxslar va transportlarni chegarada tezkor o‘tkazish mexanizmi ishga tushiriladi

Jismoniy shaxslar va transportlarni chegarada tezkor o‘tkazish mexanizmi ishga tushiriladi
Foto: advice
Vazirlar Mahkamasining “Davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib o‘tish jarayonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi transport vositalarida Davlat chegarasini tezkor kesib o‘tish mexanizmini o‘z ichiga olgan “Elektron navbat” interaktiv xizmatdan foydalanishda davlat xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi reglament tasdiqlanadi:
  • bojxonada mavjud axborot tizimlari yordamida o‘tkazish punkti orqali harakatlanishda elektron navbat olish;
  • yuk avtotransport vositasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh foizi va yengil avtotransport vositalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh foizi miqdorida yig‘im undirish.

Jismoniy shaxslarni chegara o‘tkazish punktlarida tezkor o‘tkazish mexanizmini nazarda tutuvchi Fast-track xizmatidan foydalangan holda kesib o‘tish va ushbu xizmatdan foydalanishda davlat xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi reglament tasdiqlanadi.

Bunda:
  • jismoniy shaxslar hamda ularning qo‘l yuki va bagajlari davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oshirish;
  • jismoniy shaxslar hamda ularning qo‘l yuki va bagajlari davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oshirish;
  • xizmatdan 16 yoshga to‘lmagan shaxslar, shuningdek kuzatuvchisiz harakatlana olmaydigan aqli zaif yoki jismoniy imkoniyati cheklangan (nogiron) jismoniy shaxslar to‘lov to‘lanmagan holda foydalanish;
  • jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh foizi miqdorida yig‘im undirish;
  • “Elektron navbat” interaktiv xizmatidan foydalanayotgan avtotransport vositalari harakatlanishi mo‘ljallangan chegara bojxona postlari ro‘yxati;
  • 12 ta chegara bojxona postlarida “Elektron navbat” interaktiv xizmati ishga tushirilishi nazarda tutiladi.

Bojxona qo‘mitasi 2023 yil 1 martga qadar masofadan turib onlayn ravishda transport vositalari navbatlarini shakllantirish imkonini beruvchi “Elektron navbat” va jismoniy shaxslar uchun Fast-track interaktiv xizmatlarini amaliyotga joriy etadi.

Bojxona qo‘mitasi, Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Tashqi ishlar vazirligi oldindan buyurtma qilingan navbatlar asosida harakatlanib kelayotgan jismoniy shaxslarni hamda transport vositalarini belgilangan navbatlar asosida o‘tkazish punktlari orqali o‘tkazilishi ta’minlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan kelishgan holda “Elektron navbat” asosida harakatlanayotgan transport vositalari uchun avtomobil yo‘llarida joylashgan o‘tkazish punktlaridan kamida 1 km oldin alohida yo‘laklar yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarni jalb etgan holda joriy yilning so‘ngiga qadar avtoturargohlar tashkil etadi.

Tashqi ishlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi diplomatik kanallar orqali mazkur qaror bilan amaliyotga joriy etilayotgan qulayliklar to‘g‘risida xorijiy davlatlarga yetkazilishi ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat