Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqaro J.R. va boshqalar «I.T.» va «T.A.» MCHJ rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu MCHJlar tomonidan 50 nafar fuqaroni «Umra» safariga yuborish uchun «Toshkent-Quvayt-Madina» yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni band qilishga yordam berish evaziga oldindan to‘lov sifatida jami 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Umra SafariToshkent QuvaytFiribgarlik IshlariTadbirkorlik HuquqlariYakkasaroy TumaniJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar