22:55 / 24.02.2023
426

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi

Foto: FVB matbuot xizmati

Qarshi shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida gaz olayotgan Nexia-3 portlab ketgan.

Qashqadaryo viloyat FVBning xabar berishicha, hodisa bugun 2023 yil 24 fevral kuni soat 16:08 larda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Nasaf ko‘chasida joylashgan “NЕW POVЕR” «metan zapravka»sida Nexia-3 mashinasiga gaz quyilayotgan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz balloni portlagan.

Oqibatda mashinaning orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan va hech kim tan jarohat olmagan.

Qayd etilishicha, hozirda, holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi avtomobillarni vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini va barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘raydi», deyiladi xabarda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryodagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi