10:57 / 28.02.2023
493

Prokuratura tergovchisi va qorovuli qo‘lga olindi

Prokuratura tergovchisi va qorovuli qo‘lga olindi

Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisi va binosida qo‘riqlash xizmatini olib boruvchi qorovul qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishlaricha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Ohangaron shahar prokuraturasi binosini qo‘riqlash xizmatini olib boruvchi qorovuli shahar prokuraturasi tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.

2023 yil 27 fevral kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, qo‘riqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, – dedi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov. – Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat