O‘zbekistonda endilikda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar doirasida kunning qorong‘i qismida kelgusida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonovaning ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilari homiylik ko‘maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan ta’minlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring