date
views 200

Blinken: «Erkin OAV muhitini yaratish — propagandaga eng yaxshi javob»

Blinken: «Erkin OAV muhitini yaratish — propagandaga eng yaxshi javob»

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentdagi matbuot anjumanida tashqi propagandaga qarshi samarali kurash olib borishda mahalliy nashrlar katta o‘rin tutishini qayd etdi. U bloger Nikita Makarenkoning O‘zbekiston Rossiya propagandasi mahalliy aholida shakllantirgan fikrni o‘zgartirishda katta bosim his qilayotgani, AQSH bu borada O‘zbekistonga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi savoliga javob qaytardi.

«O‘ylashimcha, bu [propaganda] juda ham kuchli, faol va yaxshi ta’minlagan mahalliy OAVning ahamiyati qanchalik yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muhokamamizda ham bu haqda gaplashdik. Qisman Rossiya yoki boshqa manbalar tomonidan kelayotgan dezinformatsiyaga qarshi turish borasida… dasturimiz doirasida mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz. Hukumat bilan bevosita munosabatlarimizda biz OAV bemalol ishlashi uchun va mustaqil ovozlar paydo bo‘lishi uchun imkoniyatlar yaratishga chaqiramiz. Turli ma’lumotlarning borligi va aholining o‘ziga tanlash imkoniyatini yaratish haqida aytib kelamiz.

Darhaqiqat, Rossiya juda ham kuchli va keng tarqalgan propaganda tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bu boshqa joylarda ham o‘z kuchini ko‘rsatmoqda. Va shuning uchun, iloji boricha erkin, ochiq OAV muhiti yaratilishi va odamlarga o‘z fikrlarini [o‘zlari] qabul qilishlariga imkon yaratilishi kerak», dedi Blinken.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Blinken: «Erkin OAV muhitini yaratish — propagandaga eng yaxshi javob»