10:57 / 03.03.2023
867

Internetda videosi tarqalgan mansabdor ishdan bo‘shatildi

Internetda videosi tarqalgan mansabdor ishdan bo‘shatildi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Elektr tarmoqlari korxonasining Yuridik bo‘limi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalib, ko‘plab salbiy fikrlar va e’tirozlar keltirib chiqargani sabab bo‘ldi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filialida ushbu holat muhokama qilinib, tomonlar fikrlari eshitilgan. Odob-axloq me’yorlari va funksional vazifalar doirasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Muhokama yakunida AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari so‘zga chiqib, yuridik bo‘lim boshlig‘i Ikrom Samatov jamiyatning Samarqand hududiy filiali direktori buyrug‘i bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini ma’lum qildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat