date
views 223

"Sportni sev, sport bilan yasha !"

"Sportni sev, sport bilan yasha !"

 Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan kirib kelayotgan umumxalq bayram - Navro‘zi olam munosabati bilan sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa  tashkil etildi. "Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida bo‘lib o‘tgan musobaqada boshqarma va uning hududiy  bo‘limlari xodimlaridan iborat 14 ta  jamoa kuch sinashdi.  Ushbu musobaqa O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

 1-sonli futbol  maktabiga qarashli sun’iy qoplamali maydonlarda bo‘lgan bahslarda har bir o‘yinlar  murosasiz, qizg‘in kurashlarga boy tarzda kechdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, bir-biriga to‘qnash kelgan jamoalarning maydondagi harakatlari barchada qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa,  yarim finalga yo‘llanma olgan boshqarma, Namangan shahri, Uchqo‘rg‘on va Mingbuloq  tumanlari jamoalari o‘rtasidagi bahslar murosasiz kechdi. Finalda   o‘tgan  yilgi ssenariy takrorlandi. Ya’ni, bir-biriga to‘qnash kelgan  viloyat boshqarmasi va Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limlari jamoasi bu yilgi musobaqada ham kuch sinashdilar.

Hal qiluvchi bahsda  viloyat boshqarmasi jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Byuroning Uchqo‘rg‘on, faxrli uchinchi o‘rindan  esa  Mingbuloq  tumani jamoasi joy oldi. Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar va eng yaxshi darvozabon, himoyachi va hujumchilar  taqdirlandi.

MIB Namangan viloyati boshqarmasi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Sportni sev, sport bilan yasha !"