23:31 / 07.03.2023
255

Andijonda o‘zganing xonadonidan 4,5 ming dollar va tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Andijonda o‘zganing xonadonidan 4,5 ming dollar va tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida o‘zganing xonadoniga yashirincha kirib,  4,5 ming dollar va tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 7 fevral kuni Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro D.Z. IIBga xabar bergan. U noma’lum shaxslar yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, devordan oshib o‘tish yo‘li orqali g‘ayriqonuniy ravishda uyiga kirib, yotoqxonasidan 4500 dollar va 400 dollarga teng tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB katta ekspert-kriminalisti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish davrida qo‘l barmoq izlari aniqlab olingan. Olingan barmoq izlari viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida, barmoq izlari Buloqboshi tumanida yashovchi X.E. tomonidan qoldirilgani aniqlangan.

X.E. ismli shaxs uning uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, mol-mulklarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan va hodisa joyidan yashiringan. Shuningdek, talon-toroj qilingan mol-mulklarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji yo‘lida sarf qilib yuborganini ma’lum qilgan.

Hozirda Buloqboshi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat